23 Avgust 2021 yil 102

“Asakada Damas odamlari bilan zovurga tushib ketdi” sarlavhali videotasvirlar yuzasidan rasmiy ma’lumot

Joriy yilning 23 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarga “Asakada Damas odamlari bilan zovurga tushib ketdi” sarlavha bilan videotasvirlar joylandi. Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lim qilamiz.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 23 avgust kuni soat 12:40 larda, Andijon viloyati, Asaka tumani, "Kuchgan" MFY hududidan o‘tgan ichki avtomobil yo‘lida haydovchi, 1959 yilda tug‘ilgan A.M. "Damas" rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil yo‘ldan chiqib ketib zovurga tushib ketgan.

Buning oqibatida yo‘lovchi, 1987 yilda tug‘ilgan B.A. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Avtomobilni zovurdan chiqarish choralari ko‘rilib, hozirda yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Asaka tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

‼️Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.



Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech