26 Noyabr 2021 yil 193

Ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan “Andijondagi Eski shahar Dexqon bozorida katta janjal bo‘lmoqda” sarlavhali videotasvirlar yuzasidan

2021-yilning 26-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijondagi Eski shahar Dehqon bozorida katta janjal bo‘lmoqda” sarlavhali videotasvirlar tarqaldi. Ushbu videotasvirlarga izoh sifatida bozorchi xotinlar o‘rtasida janjal yuzaga kelgani, xotinlardan birining eri kelib qo‘lida pichoq bilan tahdid qilgani,shuningdek, u ichki ishlar xodimlariga xam pichoq bilan tashlanmoqchi bo‘lgani aytilgan va holat IIB tomonidan nazoratga olinishi so‘ralgan.

Mazkur videotasvirlarda aks etgan holatlar Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘rganildi. Maʼlum bo‘lishicha, bugun soat 17:18 larda Andijon viloyati IIBning «102» xizmatiga fuqaro M.M tomonidan Andijon shahrining Eski shahar hududi temirchilik bozori oldida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashayotganliklari to‘g‘risida  murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatga asosan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB tezkor-tergov guruhi xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borishgan va Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda janjalni oldini olish choralari ko‘rilgan.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech