4 Avgust 2020 yil 655

Prezident Farmoniga asosan Paxtaobod tumani sektor rahbarlari tomonidan aholiga bir martalik moddiy yordam pullari tarqatilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6038-sonli Farmoniga asosan moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga  kiritilgan va a'zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilalarga O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilab qo‘yildi.Ushbu Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, tuman sektor rahbarlari tomonidan ushbu xayrli ish tumanning Sangraobod va Muazzinboy mahallalaridagi 27 ta ehtiyojmand oilalarda istiqomat qiluvchi 128 nafar fuqaroga berish bilan boshlandi. Hozirda bir martalik moddiy yordam pullarini moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxatlariga kiritilgan  fuqarolarga shu yilning 15 avgustiga qadar yetkazilishini ta'minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.  

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech