18 May 2022 yil 242

18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Buloqboshi tumani IIB xodimlari hamda IIV Andijon akademik litseyi oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi 

Barchamizga maʼlumki 18-may – Xalqaro muzeylar kuni 1977-yildan buyon nishonlab kelinadi. Ushbu sana munosabati bilan Andijon viloyati IIB “Shon-sharaf” muzeyiga Buloqboshi tumani IIB xodimlari hamda IIV Akademik litseyi oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Muzeyga sayohat davomida oʻrta Osiyo, xususan, Andijonning qadimgi davlatchilik xavfsizligidan boshlab, bugungi kungacha bosib oʻtgan yoʻli, hududiy xavfsizlik va xalq osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilgan fidoiylar, oʻtgan har bir davrning voqea hodisalarini oʻzida mujassam etgan koʻrgazmalar haqida atroflicha maʼlumotlar berildi hamda tashrif buyuruvchilar ushbu koʻrgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Bir soʻz bilan aytganda muzeyga sayohat xodimlar hamda oʻquvchilarda katta taassurot qoldirib, ulardagi vatanparvarlik tuygʻusini yanada oshishiga xizmat qildi.

Shuningdek, bugun tashrif buyuruvchilarga qoʻshimcha ravishda Andijon viloyati IIB ekspert-kriminalistika boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatga yangi olib kelingan Ford Tranzit 460 ekspert-kriminalistik laboratoriyasi bilan jihozlangan maxsus avtomashina bilan ham tanishtirdilar. IIV Andijon Akademik litsey oʻquvchilari oʻzlariga qiziq boʻlgan savollari bilan mutaxassislarga murojaat qildilar va kerakli javoblarni oldilar.


Ushbu maxsus avtomashina bilan tanishish ham tashrif buyuruvchilarda oʻzgacha taassurot uygʻotdi desak adashmagan boʻlamiz.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech