15 Sentyabr 2020 yil 804

Andijon shahri 3-sektor rahbari tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlar muammolarini o‘rgandi

Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Sh.Nazirov tomonidan Shifokor MFY hududida joylashgan 4-umumtaʼlim maktabida karantin talablariga amal qilgan holda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlarning ushbu yo‘nalishida yuzaga kelayotgan muammolarini bartaraf etishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi. Unda tashabbuskor yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar inobatga olinib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lganlariga kredit mablag‘lari olishlarida amaliy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, Andijon shahri, Shifokor MFY hududida joylashgan “Samina tekstil” ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurilib, karantin tartiblariga qatʼiy rioya qilgan holda ish tashkil qilish bugungi kunning eng muhim talablardan biri ekanligi eslatib o‘tildi. Bu joyda mehnat qilayotgan 70 nafar ishchilarga yaratilayotgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishildi.

Bundan tashqari, Istiqlol MFY hududida joylashgan 18-umumtaʼlim maktabiga ham borilib,  muassasada olib borilayotgan taʼmirlash ishlari jarayoni hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatlari o‘rganildi.  

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech