17 Yanvar 2022 yil 549

Andijon shahrida “oshiq” o‘yinining “oshiqlari” qo‘lga olindi

2022-yilning 11-yanvar kuni Andijon viloyati IIB JQB hamda Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon shahrida yashovchi fuqaro S.B o‘ziga tegishli bo‘lgan uyda bir guruh shaxslarni to‘plab, ularga sharoit yaratib bergan xolda tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy qimor o‘yini tashkil etganligi aniqlandi. Yaʼni tezkor tadbir davomida o‘rtaga 15.000 so‘mdan pul tikilib, tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy “оshiq” qimor o‘yini o‘ynalayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tergov-tezkor guruhi jalb etilib, davrada bo‘lgan jami 780.000 so‘m pullar, 12 ta yelim idishlar va 4 dona oshiq suyaklari va 1 dona o‘yin zarigi ashyoviy dalil tariqasida xolislar ishtirokida bayonnoma orqali rasmiylashtirilib, Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB ixtiyoriga olindi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech