23 May 2023 yil 232

Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 16-may kuni soat 19:00 larda Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida Andijon tumanida yashovchi O.M og‘irligi 1,51 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini Andijon shahrida 400.000 so‘m pul evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech