16 May 2022 yil 55

Andijon viloyati boʻylab haydovchilar bilan uchrashuvlar va muhokama yigʻilishlari olib borilmoqda

Andijon shahar hududida 2022-yil 14-may kuni, 1959-yilda tugʻilgan fuqaroning avtomashina boshqaruvi davomida yurak xuruji tufayli yuzaga kelgan toʻqnashuv hodisasi yuzasidan Andijon viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari JXX boshligʻi podpolkovnik I.Ismanov hamda Tergov boshqarmasi, YHXB rahbariyati ishtirokida joylarda muhokama yigʻilishlari oʻtkazildi.

Olib borilayotgan mazkur muhokama yigʻilishlari davomida masʼullar tomonidan yoʻllarda qoidalarga rioya qilishlari, tibbiy koʻriklardan oʻtgan holda harakatlanishlari oʻzlari va harakat ishtirokchilari uchun ham foydali ekanligi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Bu kabi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech