21 May 2022 yil 247

Andijonda ichki ishlar organlari xodimlari, ularning oila a’zolari hamda faxriylar uchun xayriya konserti bo'lib o'tdi

Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy-axloqiy dunyoqarashini yanada kengaytirish, ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, madaniy hordiq chiqarishini taʼminlash, oilaviy hamjihatligini yanada mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 21 fevral kunidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarida konsert tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 42-sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 21 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi Qoʻshiq va raqs ansambli sanʼatkorlari tomonidan Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilari, ularning oila aʼzolari, faxriylar, xizmat vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari uchun xayriya konserti namoyish etishdi. Shuningdek, mazkur xayriya tadbiriga oliy oʻquv yurti talabalari, faol jamoatchilik vakillari ham taklif etildi.

Har yili anʼanaviy tarzda tashkillashtirib kelinayotgan mazkur xayriya konsertidan tushgan mablagʻlar xizmat vaqtida halok boʻlgan yoki olgan tan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan hamda ayni kunda betob boʻlgan xodimlarning turmush sharoitini yaxshilash va ularning oila aʼzolarini qoʻllab quvvatlash uchun sarflanadi. Bu yilgi konsert dasturi ham oʻzgacha hush kayfiyatda oʻtkazilib, hozirda bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni davomli tarzda namoyish etib borish yoʻlga qoʻyilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech