25 Iyun 2022 yil 303

Andijon viloyati IIB apparat xodimlari uchun navbatdagi “maʼrifat soati” darsi boʻlib oʻtdi

Bugun boʻlib oʻtgan “maʼrifat soati” darsi avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha xalq fikrini oʻrganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi. Adliya boshqarmasi masʼul xodimi tomonidan maʼruza qilindi.

“Maʼrifat soati” darsi davomida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “Tahlilnoma” koʻrsatuvi hamda Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy va maʼrifiy salohiyatini yuksaltirish maqsadida videoroliklar namoyish etildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech