30 Noyabr 2021 yil 321

Andijon viloyati IIB HPB tashabbusi bilan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida Andijon shahridagi 13-umumtaʼlim maktabida ota-onalar bilan farzand tarbiyasi mavzusida psixologik trening o‘tkazildi

Andijon shahridagi 13-umumtaʼlim maktabida hozirgi vaqtda 4222 nafar o‘quvchi taʼlim olmoqda. Bugungi kunda ushbu o‘quvchilarning kelajakda Vatanimizga kerakli  yetuk va barkamol inson bo‘lib yetishishida maktab jamoasi tinimsiz faoliyat olib bormoqda.

Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor bugungi kunda o‘quvchi yoshlarni tarbiyalash O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining Taʼlim to‘g‘risidagi qonunida ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning bevosita majburiyatlari hisoblanadi.

2021-yil 29-noyabr kuni maktab ichki tartib va odob axloq qoidalarini muntazam buzib kelayotgan hamda sinfdagi o‘quvchilar reytingi bo‘yicha past o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarning ota-onalari uchun Andijon viloyati IIB HPB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik M.Mamirjonov, Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i mayor A.Appakov, Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Xasanov va amaliyotchi psixologlar ishtirokida psixologik trening o‘tkazildi.

Tadbirni maktab direktori N.Abduraxmanova ochib, 2021-2022 o‘quv yili davomida o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida hisobot berdi.

Shundan so‘ng Andijon viloyati  IIB HPB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik M.Mamirjonov so‘zga chiqib, o‘quvchi yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar ortib borayotgani bunda oila va mahallaning o‘rni juda katta ekanligini taʼkidlab, ota-onalarni hushyorlikka chaqirdi.

Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB huziridagi tergov bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Xasanov Andijon shahrida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berdi.

Shundan so‘ng, amaliyotchi psixolog so‘zga chiqib, bugungi kunda o‘quvchi yoshlar bilan ota-onalar qay tarzda muomala qilish, uning ruhiyati bilan bog‘liq masalalarda ota-onalar qanday yo‘l tutish kerakligi haqida kerakli maʼlumotlarni taqdim etdi.

Andijon  shahar bo‘yicha IIOFMB Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i mayor A.Appakov ota-onalarga  taʼlim muassasalarida yangi joriy etilgan psixolog-inspektor faoliyati to‘g‘risida maʼlumot berdi hamda ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar Voyaga yetmaganlar taʼlim va tarbiyasida o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda ularga nisbatan qonunchiligimizda belgilangan jazo choralari haqida ham maʼlumot berdi va bu bo‘yicha ogohlantirdi.

O‘tkazilgan psixologik treningda ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham kerakli javoblarni oldilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech