17 May 2022 yil 257

Andijon viloyati IIB JXX HPBning quyi tizimlariga profilaktika inspektori lavozimiga yangi tayinlangan xodimlar bilan boshqarma rahbariyati topshirigʻiga koʻra oʻquv mashgʻulotlari olib borilmoqda

Joriy yilning 16-may kuni Andijon viloyati IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻi podpolkovnik S.Nishonov boshchiligida faoliyati davomida bevosita hamkorlikda boʻladigan sogʻliqni saqlash tizimidagi “Ruhiy kasalliklar shifoxonasi”, «Narkologik dispanser», «Psixonevrologik dispanser», “Teri-tanosil kasalliklari dispanseri”, “Qariyalar saxovat uyi”ga borilib, ichki ishlar va tibbiyot boshqarmalarining mutaxassislari tomonidan oʻzaro hamkorlik haqida dastlabki tushunchalar berildi.

Xususan, surunkali ichuvchi yoki giyohvandlik kasalligiga mubtalo boʻlgan shaxslarni majburiy davolash uchun yuborish, mast holatdagi shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiy hushyorxonaga keltirish, ijtimoiy xavfli ruhiy kasallarni shifoxonaga joylash,palapartish jinsiy hayot tarzini olib boruvchilarni tanosil kasalliklar boʻyicha tekshiruvga taqdim qilish,ijtimoiy koʻmakka muhtoj boʻlib qolgan, yakka-yolgʻiz yashovchilar yoki boquvchisini yoʻqotgan kariyalarni mehribonlik uylariga joylashtirish yoki yashash joyi boʻyicha koʻmak koʻrsatish kabi masalalarda hokimiyat va uning qoshidagi komissiyalar, MFYlar tarkibi, MFYlarga biriktirilgan hokim yordamchilari va yoshlar agentligi vakillari,sogʻlikni saqlash,ijtimoiy taʼminot, tibbiy-ijtimoiy koʻmakni tashkil qilish agentligining hududiy boʻlimlari,taʼlim,mehnat va aholi bandligini taʼminlash xizmatlari, oila va xotin-qizlar hamda yoshlar va voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha komissiyalar, vasiylik va homiylik ishlari boʻyicha mutasaddilar bilan hamkorlikdagi ishlar boʻyicha atroflicha tushunchalar berildi.

Bu kabi oʻquv mashgʻulotlarining oʻtkazilishi davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech