10 May 2021 yil 404

Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi nazoratidagi yoshlar o‘rtasida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayniqsa, Probatsiya bo‘linmalari nazorati ostidagi yoshlarni sportga, sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida axloqan tuzalish yo‘liga o‘tishlari uchun xizmat qiladigan tarbiyaviy-profilaktik hamda madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi hamda “Yoshlar ishlari agentligi” ning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Probatsiya nazoratidagi yoshlar o‘rtasida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Dastlab viloyatning 4 ta mintaqalari bo‘yicha o‘tkazilgan o‘yinlarda g‘olib topilgan 4 ta jamoa joriy yilning 8 may kuni final bosqichida ishtirok etishi uchun Andijon shahridagi “Mini arena” futbol maydoniga saf tortishdi.  

Yuqori saviyada tashkil etilgan uchrashuvlar Andijon shahar, Oltinko‘l, Qo‘rg‘ontepa va Marhamat tumani jamoalari o‘rtasidagi o‘tkazildi. Final bosqich o‘yinlari Oltinko‘l va Qo‘rg‘ontepa tuman jamoalari o‘rtasidagi bellashuv bilan yakunlandi. Qizg‘in va murosasiz o‘yinlarda 5:3 hisobida Oltinko‘l tuman ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi nazoratidagi yoshlar jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Musobaqa ishtirokchilari hamda g‘olib jamoalarga qimmatbaho sovg‘alar, kubok va medallar tantanali ravishda topshirildi.   

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech