6 May 2021 yil 404

Andijon viloyati IIB probatsiya hisobida turuvchi yoshlar o‘rtasida mini futbol  bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazilmoqda

Andijon viloyati IIB probatsiya hisobida turuvchi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida sportning mini futbol turi bo‘yicha viloyat birinchiligining chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Asaka tumanida o‘tkazilgan ushbu sport musobaqasida Asaka, Shahrixon, Buloqboshi hamda Marhamat tumanining yoshlari ishtirok etdilar.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan o‘yinda Marhamat tumani yoshlarining qo‘li baland kelib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech