20 Fevral 2021 yil 554

Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi tashabbusi bilan “Burch” nomli spektakl namoyish etildi  

Joriy yilning 19 fevral kuni Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi tashabbusi bilan Andijon viloyati  musiqali drama teatrida “Burch” nomli spektakl namoyish etildi.

Ushbu spektaklni tomosha qilish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tib afv etilganlar, “Mehr” dasturi doirasida olib kelingan hamda hozirda reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish markazi hisobida turgan shaxslar va ularining oila aʼzolari taklif qilindilar. 

Tadbirga tashrif buyurgan barcha tomoshabinlar spektakldan maʼnaviy ozuqa va madaniy hordiq olishdi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

  

Text to speech