28 Yanvar 2023 yil 197

Andijon viloyati IIB Tibbiyot bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-10-son Qarori mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi

Andijon viloyati IIB Tibbiyot bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mazmun mohiyatini yetkazishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qarorda keltirilgan talablar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, xizmat intizomi va qonunchilikga rioya qilish bo‘yicha ham atroflicha so‘z yuritildi. Yakunda xotin-qizlar kengashinig navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilib, unda bir qator vazifalar belgilab olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech