17 Iyun 2020 yil 673

Andijon viloyati IIB xodimlari “Bemor bolalar uchun qon topshirish” xayriya aksiyasida faol ishtirok etmoqdalar

Sahovatli insonlar doimo ezgu ishlar qilishga intilib yashaydi. Ayniqsa, qilayotgan bu xayrli amallar kimningdir sog‘lig‘ini saqlashga, hayotini uzaytirishga ko‘mak bersa-chi? O‘ylaymizki, inson uchun bundan ortiq baxt topilmasa kerak. Donorlarni ana shunday beg‘araz yordam ko‘rsatuvchi ezgu niyatli insonlar deyish mumkin.

Respublikamizda iyun' oyi yoshlar oyligi deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan Andijon viloyatida “Yoshlar oyligini” yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “Bemor bolalar uchun qon topshirish” xayriya  kon topshirish aksiyasi o‘tkazilmoqda.   

Ushbu  o‘tkazilayotgan beg‘araz donorlik aksiyasida turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan bemor bolajonlarga hayot bag‘ishlash va ularning sog‘ayib ketishlariga hissa qo‘shishdek xayrli va savobli ishga bel bog‘lagan Andijon viloyati IIB tibbiyot bo‘limi xodimlari boshchiligidagi  bir guruh ichki ishlar xodimlari ham ixtiyoriy ravishda qon topshirdilar.

Umuman olganda, donorlik har qanday inson qilishi mumkin bo‘lgan oddiy, lekin chinakam qahramonlikdir. Ma'lumot o‘rnida aytish kerakki, donorlar qoni bilan bemorlar hayotini saqlab qolish va aholining qonga bo‘lgan ehtiyojini qoplash, favqulodda holatlarda, murakkab jarrohlik amaliyotlarida, patologik tug‘ruq jarayonlarida va jarrohlik amaliyotlarida qo‘llaniladi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech