9 Iyun 2022 yil 326

Andijon viloyati IIOda xizmat olib borayotgan ayol xodimalar bilan suhbatlar olib borilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 23-mart kungi 73-sonli farmoyishiga asosan Andijon viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar bilan profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.

“Xotin-qizlar bilan ishlash xaritasi” asosida ayol xodimalarning xizmat joylari koʻzdan kechirilmoqda. Shuningdek, ularning yashash xonadonlariga borgan holda oilaviy yashash sharoitlarini oʻrganish ishlari olib borilyapti.

Ularga ish faoliyatlarida kerakli boʻlgan koʻrsatmalar va tavsiyalar berilib, zarur hollarda ularga kerakli yordamlar berilishi ham aytib oʻtildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech