29 Iyun 2022 yil 250

Andijon viloyati Xonobod shahrida oʻtkazilgan “Ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining II Respublika yoshlar forumi”ning yakuniga bagʻishlangan gala konsert boʻlib oʻtdi

Xabaringiz bor 3-kun mobaynida Xonobod shahrida “Ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining II Respublika yoshlar forumi” boʻlib oʻtdi. Ushbu forumda respublikamizning barcha viloyatlaridan boʻlgan ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar ishtirok etdilar.

Yoshlar 3-kun mobaynida turli shartlar va musobaqalar orqali oʻzaro bellashdilar. Boʻlib oʻtgan “Zakovat” intellektual oʻyinida Andijon viloyati yoshlari 1-oʻrinni, Buxoro viloyati 2-oʻrinni va Sirdaryo viloyati 3-oʻrinni egalladi.

Ichki ishlar tizimida ilk bora oʻtkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik tanlovida Fargʻona viloyati 1-oʻrinni, Samarqand viloyati 2-oʻrinni hamda Jizzax viloyati 3-oʻrinni egalladi.

Shartlar ichida turli bosqichlardan tashkil topgan “Koʻp bosqichli jangovar sport musobaqalarida Andijon viloyati jamoasi 1-oʻrinni, Navoiy viloyati jamoasi 2-oʻrinni va Jizzax viloyati jamoasi 3-oʻrinni egalladi.

Eng faol yoshlar yetakchisi yoʻnalishi boʻyicha Qoraqalpogʻiston respublikasi IIV yoshlar yetakchisi, katta leytenant Tengisbayev Alisher 1-oʻrinni, Surxondaryo viloyati IIB yoshlar yetakchisi, kapitan Qurbonaliyev Bekzod 2-oʻrinni hamda Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari bosh boshqarmasi yoshlar yetakchisi, mayor Rajabov Dostonbek 3-oʻrinni egalladi.

- “Sizlar bilan bugun “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining “II respublika yoshlar forumi”da uchrashib turganimizdan gʻoyat xursandmiz. Andijonimizning soʻlim goʻshasi hisoblangan Xonobod shahriga toʻplangan faol va tashabbuskor yosh xodimlarni, butun mamlakatimiz yoshlarini forumni muvaffaqiyatli yakunlangani bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman” dedi Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Ayubxon Rahmatullayev.


Forumning yakuniga bagʻishlab oʻtkazilgan gala konsert davomida mazkur musobaqalarda gʻolib boʻlgan jamoalar qimmatbaho sovgʻalar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Samimiy tilaklardan soʻng gʻoliblarga sovgʻalar topshirildi.


Shundan soʻng taniqli xonandalar tomonidan diltortar kuy-qoʻshilar ijro etildi. Shuning bilan Andijon viloyati Xonobod shahrida boʻlib oʻtgan “Ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining II Respublika yoshlar forumi” oʻz yakuniga yetdi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech