3 Avgust 2020 yil 598

Andijon viloyatining Baliqchi tumani 3-sektorida ehtiyojmand oilalarga qo‘shimcha daromad imkoni yaratilmoqda

Baliqchi tumanining 3-sektor hududida 15 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, ushbu mahallalardagi 8591 ta xonadonda 13561 ta oila, 51448 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Tuman hokimiyati, deputatlar, tashkilotlar va mahalla faollari bilan hamkorlikda to‘liq xatlov o‘tkazilib, ehtiyojmand deb topilgan 392 ta xonadonda 522 ta oilalar ro‘yxatga olingan. Ro‘yxatga olingan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish,  ularning ta'minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida joriy yilning 1 avgust kuni Baliqchi tumani 3-sektor xududida joylashgan Markaz, O‘rtaqo‘rg‘on,Serquyosh, Kattabuloq, Ko‘l, Eskimarkaz, Go‘ravon, Avesto Yakkatol, Oqqo‘rg‘on, Afsona, Aralxon, Olchazor, Jartepa hamda Matonat MFYlarida yashovchi kam ta'minlangan deb topilgan oilalarning 15 nafariga 1 donadan narxi 1 500 000  so‘mdan bo‘lgan  qo‘ylar tarqatildi.

Ehtiyojmand aholiga oziq-ovqat yetkazib berish bilan birgalikda, ularning bandligini ta'minlash, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish orqali bugungi ijtimoiy murakkab vaziyatdan chiqishlariga ko‘maklashish  borasidagi xayrli ishlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech