26 Avgust 2020 yil 813

Andijonda 4000 ming AQSh dollariga “gashish” sotayotgan fuqaro ushlandi

2020 yilning 11 avgust kuni soat 16:00 larda Andijon viloyati IIB hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.Sh Marhamat tumani hududida 323,11 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini fuqaro Q.Yu.dan olib, xolis haridorga 4000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida fuqaro M.Sh.ning egnidagi kiyimlari ko‘zdan kechirilganida 0,27 gramm, fuqaro M.A.ning mobil telefoni g‘ilofi ichidan 0,88 gramm hamda uning boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasi salonidan 0,73 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan fuqarolar M.Sh, Q.Yu, hamda M.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273, 276-moddalari  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech