20 May 2022 yil 456

Andijonda 9.000 ming AQSH dollariga yer resurslarini talon-tаroj qilinishi bilan bogʻliq holat fosh etildi

2022-yil 22-aprel kuni Andijon viloyati IIB JQB Yer resurslari talon-taroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasi hamda Andijon viloyat prokuraturasi yer resurslariga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro O.R.ning arizasiga asosan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro F.N oʻzganining mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida Xoʻjaobod tumani Xidirsha MFY hududidagi 3.5 sotixli quruq yer maydonini sotish mumkin emasligini bilsada, O.R.ning nomiga uy-joy qurishga moʻljallangan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish uchun 9.000 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, ushbu pullarni Xoʻjaobod tumanida olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Xoʻjaobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech