18 Yanvar 2022 yil 1375

Andijonda “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti faoliyatini targ‘ib qiluvchi diniy o‘qishxonlik qilib kelayotganlar aniqlandi

2022-yilning 16-yanvar kuni olingan tezkor maʼlumotga asosan DXX Andijon viloyati boshqarmasi va Andijon viloyati IIB TEQKB hamda Andijon tumani IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining “Ayollar qanoti” guruhi aʼzolari bo‘lgan 12 nafar ayol Andijon tumanida yashovchi fuqaro M.M.ning xonadonida to‘planishib, “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti faoliyatini targ‘ib qiluvchi diniy o‘qishxonlik qilib kelayotganligi aniqlandi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari davomida ushbu ayollar, hozirda Turkiya davlatida bo‘lgan 1972 yilda tug‘ilgan ayol M.X.ning ko‘rsatmasi asosida tez-tez bir birlarining xonadonlarida ziyofat bahonasida yig‘ilishib, M.X.dan ijtimoiy tarmoqlar orqali “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti g‘oyalari bo‘yicha saboq olib kelishayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech