31 Avgust 2020 yil 723

Andijonda keng qamrovli "Tozalash-Antiterror" maxsus tezkor profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2020 yil 15 avgustdagi Respublika miqyosida “Tozalash-Antiterror” maxsus tezkor profilaktik tadbirini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishiga asosan Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan bir qator ishlar olib borilmoqda.

“Tozalash-Antiterror” maxsus tezkor profilaktik tadbiriga   ichki ishlar, milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda mahalla raislari, shuningdek, boshqa jamoatchilik vakillaridan jami 2 ming 693 nafar xodim jalb etilgan.

Viloyat hududida ushbu tadbirni samarali o‘tkazish maqsadida tezkor-kriminogen vaziyat chuqur tahlil qilinib, shahar-tumanlardagi mavjud 882 ta mahallalar toifalarga ajratilib, profilaktik ishlar dastlab tezkor-kriminogen vaziyati og‘ir hududlardan boshlandi.

Tadbir davomida viloyatda 330 mingdan ziyod ob'ektlar to‘liq tekshirilib, dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Aniq yashash joyi va mashg‘ulot turiga ega bo‘lmagan 26 nafar shaxslar Reabilitasiya etish markaziga  hamda 78 nafar nazoratsiz va qarovsiz yurgan  shaxslar esa viloyat IIB voyaga yeimaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Bundan tashqari ilgari sudlangan shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt odini olish maqsadida viloyat bo‘yicha jami 87 nafar  muqaddam sudlangan shaxslar ma'muriy nazoratga olindi.

Ma'muriy nazorat qoidalarini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 206-moddasiga asosan jami 11 nafar
ma'muriy nazoratda turgan shaxslarga nisbatan ma'muriy choralar ko‘rildi.

Probasiya xizmati hisobida turib, jazodan qasddan bo‘yin tovlaganligi uchun 6 nafar mahkumlarning jazo turi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jami 9 ming 110 ta ma'muriy huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Tadbir davomida fuqarolar tomonidan topib olingan jami 9 ta ov quroli va 108 dona o‘q-dorilar ixtiyoriy ravishda ichki ishlar organlariga topshirildi.

Avval sodir etilgan jami 6 ta jinoyatlar fosh etilishiga erishildi. Giyohvandlik bilan bog‘liq 10 ta jinoiy holatlar aniqlandi. 

Sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlari bilan hamkorlikda jami 144 nafar   sog‘liqni saqlash hisobida turuvchi ruhiy kasal, giyohvand hamda spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar davolanish uchun tibbiy muassasalarga joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan 817 nafar shaxslar ichki ishlar organlari profilaktik hisobiga olinib, ularning har biriga jamoatchilik vakillaridan murabbiylar biriktirildi.

Jazoning muqarrarligini ta'minlash maqsadida qidiruvda bo‘lgan 9 nafar shaxslar ushlanib, tergov organlariga topshirildi.  Shuningdek, bedarak yo‘qolgan 5 nafar shaxslar sog‘-salomat holda topilib, oila-a'zolari bag‘riga qaytarildi.   

 Tadbir davomida mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida aholi xonadonlari va boshqa ob'ektlarni markaziy qo‘riqlash pultiga ulash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilib,   jami 107 ob'ektlar qo‘riqlash pultga ulandi.

 O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi aholi xonadonlari va boshqa ob'ektlarga jami 300 dan ortiq videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.

Tan jarohati bilan bog‘liq huquqbuzarlik va jinoyatlarning sodir etilishini barvaqt oldini olish maqsadida  joylarda “TIG‘” profilaktik tadbirlari o‘tkazilib, fuqarolardan tomonidan bemaqsad olib yurilgan jami 274 ta turli xildagi tig‘li predmetlar olindi.

Hozirda viloyat hududi bo‘ylab “Tozalash-Antiterror” maxsus tezkor profilaktik tadbiri davom etmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech