18 May 2022 yil 388

Andijonda tovlamachilik yoʻli bilan 300 AQSH dollarini olmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 14-aprel kuni Andijon viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.R tanishi U.M orqali Andijon shaharda tovlamachilik yoʻli bilan ayol U.A ishtirok etgan intim videotasvirlarni koʻrsatib, ushbu tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish bilan qoʻrqitib, 300 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar boʻyicha IIOFMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ayblanuvchilar JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech