29 Noyabr 2021 yil 481

Andijonda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda

Respublikamiz bo‘ylab 25-noyabr xotin-qizlarga nisbatan kamsitilishlarga barham berish xalqaro kuni munosabati bilan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Andijon davlat tibbiyot institutida viloyat prokuraturasi, ichki ishlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, adliya, xalq taʼlimi, kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish, Yoshlar ishlari agentligi boshqarmalari hamkorligida davra suhbati tashkil etildi. Unda Andijon viloyati IIB HPBning barcha shahar-tumanlardagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari, hududdagi oliy taʼlim muassasalari professor o‘qituvchilari, mahalla raislarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Diniy qo‘mitaning viloyat vakilligi xodimlari, faol yoshlar hamda OAV vakillari, blogerlar ishtirok etdilar. 

Jarayonda xotin-qizlar muammolarini hal etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini taʼminlashda davlat organlari masʼuliyatini va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish masalalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiqning har qanday ko‘rinishiga barham berish hamda keng jamoatchilikka yetkazish borasida davlat boshqaruvi organlari, diplomatik korpus, nodavlat-notijorat tashkilotlari, jamoatchilik faollari va OAV vakillarining o‘zaro hamkorligini yana mustahkamlash muhim jihatlardan ekanligi taʼkidlandi. Bu borada kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar bo‘yicha o‘zaro kelishildi. Aksiya viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizati

 

Text to speech