30 Noyabr 2021 yil 400

Andijon davlat universitetida “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

2021-yil 25-noyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida viloyat prokuraturasi, viloyat IIB hamda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Andijon viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda “Korrupsiya - rivojlanishimizga to‘siq”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda barchamiz masʼulmiz” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.

Universitet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Hamraqulov, viloyat prokuraturasining uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Boburjon Bakirov, Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash bo‘limi yetakchi yuriskonsulti mayor Meliyev Lochinbek Orifovich va Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash bo‘limi katta yuriskonsulti mayor No‘monov Qodirjon Boxodirjon o‘g‘li, Andijon shahar G‘ishtli masjid imom xatibi Botirjon domla Tojiboyev hamda Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Yusufxon Jahongirovlar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Maʼruzalar davomida Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish taʼkidlandi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech