21 Avgust 2020 yil 650

Andijon tumani 3-sektorida aholi daromadini oshirish borasida amaliy ishlar davom ettirilmoqda

Andijon tumanida sektor rahbarlari huddudlarda belgilangan vazifalar yuzasidan bir qator ishlarni amalga oshirmoqdalar. Xususan, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning holidan xabar olish  va ularga amaliy yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilyapti.

Tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari J.Xudoyberdiev Cho‘ngbogich MFY Oq-suv ko‘chasida yashovchi  ehtiyojmand oila deb ro‘yxatga olingan  Aropatxon To‘xtasheva xonadoniga tashrif buyurdi. Mazkur oila daromadini yanada oshirish uchun tovuq boqish istagini bildirgan edi. Sektor rahbari xonadon egalariga 30 dona tovuqni topshirdi.

Shuningdek, hududdagi 5-qishloq oilaviy poliklinikasida bo‘lib, aholiga tibbiy xizmat  ko‘rsatish bilan tanishdi va taklif hamda muammolari yuzasidan zarur chora -tadbirlar belgilandi.

 

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech