2 Avgust 2021 yil 582

Andijon tumanidan avtomashina olib qochgan shaxs Namangan shahridan ushlandi  

2021 yil 28 iyul kuni soat 16:00 larda Andijon shahrida yashovchi fuqaro A.R Andijon tumani, Xo‘ja MFY hududida joylashgan “Arzoni bizda” nomli oziq ovqat do‘koni oldidagi avtoturargohdan o‘z ish joyidagi rahbari P.M.ning boshqaruvidagi “Sobalt” rusumli avtomashinasini uning xabardorligisiz yashirin ravishda olib qochgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqaro A.RSobalt” avtomobilini Namangan shahar IIO FMB joylashgan hudud yaqinida boshqarib yurgan vaqtida ushlangan.     

Mazkur holat yuzasidan A.R.ga nisbatan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan  shu yilning 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech