9 Sentyabr 2021 yil 453

Andijon viloyati ichki ishlar organlariga qabul qilingan inspektor-psixologlari bilan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-sonli qaroriga asosan ichki ishlar organlarida tashkil etilgan huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi lavozimlariga qabul qilingan yosh xodimlar bilan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Xususan, o‘quv mashg‘ulotlarida O‘zbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi,"Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi, "Taʼlim to‘g‘risida"gi, "Vasiylik va homiylik to‘g‘risida"gi va "Yoshlarga oid Davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonunlari hamda  sohaga oid muhim qaror va farmonlarlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech