21 Yanvar 2022 yil 362

Andijon viloyati IIB HPB tomonidan 2022-yil davomida xotin-qizlar bilan yangicha ishlash bo‘yicha qo‘shma dastur ishga tushirildi

Andijon viloyati IIB HPB tomonidan viloyatda 2022-yil davomida xotin-qizlar bilan yangicha ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash, oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy ruhiy muhit barqarorligini mustahkamlash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma dastur ishga tushirildi.

Andijon viloyati hokimligida o‘tkazilgan majlisda Andijon viloyati IIB HPB boshlig‘i podpolkovnik X.Abduraxmonov tomonidan qo‘shma dasturning mazmun-mohiyati 38 ta tashkilot va idoralarning mutasaddilariga atroflicha yetkazilib, barcha ijrochilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech