13 Aprel 2021 yil 511

Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasida nazorat ostidagi shaxslarga psixologik yordamni taʼminlashga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2018 yil 07 dekabr kungiProbatsiya xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘ida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash borasida Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, shu yilning 07 aprel kuni Andijon Davlat Universitetining amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalari bilan  hamkorlikda probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan psixologik-profilaktik suhbat olib borish, ular bilan odatiy xulq-atvorlarini tahlil qilishga yo‘naltirilgan savolnomalar orqali psixologik-portretlarini shakllantirilishga oid davra suhbati o‘tkazildi. Unda hozirda olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad nazorat ostidagi shaxslarga psixologik yordamni taʼminlash, shu jumladan, psixologik ish amaliyotini keng qo‘llash orqali ular tomonidan qayta jinoyat sodir etish xavfini aniqlash va bunga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. 

Hozirda nazoratdagi shaxslarni odatiy xulq-atvorlarini tahlil qilishga yo‘naltirilgan psixologik-profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech