23 Fevral 2021 yil 64

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Asaka tumanida qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi

2021 yil 22 fevral kuni Andijon viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilik va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi hamda Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi  xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir natijasida  Asaka tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.A o‘zining yashash xonadonida jami 10 nafar shaxslar ishtirokida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.  

Mazkur holat bo‘yicha voqea joyini ko‘zdan kechirish tergov harakati o‘tkazilib, 6 dona yelim idishlar , 4 dona suyakdan yasalgan “oshiqlar” xolislar ishtirokida bayonnoma orqali rasmiylashtirilib olindi.

Hozirda ushbu  holat yuzasidan Asaka tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

        

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech