16 Fevral 2021 yil 646

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy “xo‘roz o‘yini” ishtirokchilari aniqlandi  

2021 yil 07 fevral kuni 15:00 larda Andijon viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilik va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi hamda Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir natijasida Oltinko‘l tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.A o‘zining yashash xonadonida joylashgan issiqxona yer maydonida S.A hamda K.T larning xo‘rozlarini 600.000 so‘mdan urishtirishga va ushbu o‘yinga tikilgan pullarning 10 foizi miqdorida cho‘tal pullarini olishga kelishib, jami 42 nafar shaxslar ishtirokida tavakkalchilikka asoslangan  o‘yinni qonunga xilof ravishda tashkil etib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.   

Tezkor tadbir davomida ushlangan 2 dona va urishtirish uchun tayyorlangan 5 dona “dakan xo‘roz”lar hamda jami 300.000 so‘m pullar bayonnoma orqali ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech