18 Fevral 2021 yil 597

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan noqonuniy  “Lotto” qimor o‘yini tashkil qilinganligi aniqlandi   

2021 yil 04 yanvar kuni soat 16:00 larda Andijon viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilik va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida, Izboskan tumani M.Ulug‘bek MFYda joylashgan ikki qavatli noturar binoning yer to‘lasida fuqaro K.X noqonuniy “Lotto” qimor o‘yinini tashkil qilganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida K.X 18 nafar fuqarolar ishtirokida 1.000  so‘mdan pul tikish yo‘li bilan, tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinini tashkil etayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi jalb etilib, bino ichida bo‘lgan 1 dona mikrofon, 1 dona ovoz ko‘targich, 240 dona raqamli doska, 2 dona xaltalarga joylashtirilgan 1 dan 90 gacha bo‘lgan 180 dona yog‘ochdan yasalgan raqamli toshlar, 280 dona raqam belgilash uchun mo‘ljallangan yog‘och bo‘lakchalari va davrada bo‘lgan  12 dona 1.000 so‘mlik hamda 1 dona 5.000 so‘mlik kupyuradagi pullar daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib  olindi.

Mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech