12 May 2022 yil 237

Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy sayyor qabulda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan ko‘plab fuqarolarning muammolariga yechim topildi

Xabaringiz bor respublika ishchi guruhi Andijon viloyatida ommaviy sayyor qabullarni o‘tkazib kelmoqda. Joriy yilning 12-may kuni Bo‘ston tumanida navbatdagi ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Unda ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov, IIV huzuridagi tergov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Jalolov hamda viloyat IIB masʼullari tomonidan fuqarolarni qabul qilish jarayoni bo‘lib olib borildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilmoqda va hal etish maqsadida tegishli tartibda ro‘yxatga olindi.

Ushbu qabul davomida fuqarolarning murojaatlari ijobiy yechimini topdi. Bo‘ston tumanida bo‘lib o‘tayotgan sayyor qabulda 31 yildan buyon fuqarolikni olishni orzu qilgan Fozilova Mahfiratxonning maqsadi amalga oshdi. Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari boshchiligida bo‘lib o‘tayotgan sayyor qabullar davomida 2 nafar yoshlarga fuqarolikni tasdiqlovchi ID kartalar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, 31 yil davomida fuqarolikni olishni orzu qilib kelayotgan Fozilova Mahfiratxon hamda 30 yildan buyon pasport olishni maqsad qilib kelayotgan Mamajonov Farhodbeklarning orzulari amalga oshdi. Bugun ularga O‘zbekiston respublikasi fuqaroligi berildi va ИД kartalar topshirildi. Ushbu ИД kartalar ichki ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, bo‘lib o‘tayotgan sayyor qabulda ehtiyojmand oilalar farzandlariga yordam ko‘rsatildi. Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan Bo‘ston tumani Pillakor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ehtiyojmand oila farzandi 14 yoshli Arabboy No‘monovga taʼlim olishiga ko‘maklashish maqsadida o‘quv qurollari topshirildi.

Bugun bo‘lib o‘tgan sayyor qabul yakunlariga ko‘ra ichki ishlar organlari tomonidan 52 nafar fuqaro qabul qilinib, murojaatlarning 34 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 18 tasi bo‘yicha arizalar olinib, ijroga qaratildi.

Jinoyat ishlari doirasida 7 nafar fuqarolarga yetkazilgan 831 million so‘mlik moddiy zararlar undirib berildi. Jumladan, Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvida jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi F.Shamsutdinovga nisbatan S.A tomonidan yetkazilgan 355 million so‘m, Tergov qismi ish yurituvidagi jabrlanuvchi E.Xabibullayevga nisbatan fuqarolar A.M  va S.U.lar tomonidan yetkazilgan 461 million so‘m miqdordagi moddiy ziyon undirilib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborildi.

Shuningdek, Tergovga qadar tekshiruv hujjatlari doirasida Baliqchi tumani Yurtobod mahallasida yashovchi Xo‘jayev Lochinga yetkazilgan 27 million so‘m moddiy zarar profilaktika inspektori I.Ergashev tomonidan undirib berildi.

Bundan tashqari,16 nafar turmushida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayol himoya orderi bilan taʼminlandi. 11 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirildi.

Sayyor qabullar viloyat bo‘ylab davom etadi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech