12 Yanvar 2022 yil 538

Andijonda “Gashish” giyohvandlik vositasini sotayotgan uyushgan guruh ko‘lga olindi

2022-yil 11-yanvar kuni, Andijon viloyati IIB JQB hamda PPX va JTSB xodimlari bilan hamkorlikda Marhamat tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, Andijon tumanida yashovchi fuqaro Yu.O hamda Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi T.M.lar uyushgan xolda xolis xaridorga jami 7,0 gramm “Gashish” giyohvand moddasini 1.080.000 so‘mga sotayotganida ushlandi. 

Shuningdek, tadbir davomida fuqaro T.M.ni yashash uyidagi hayvon boqish uchun qurilgan binoda jami 1 kilogramm 65 gramm “Marixuana” giyohvand moddasini saqlab kelayotgani aniqlandi.

Hozirda, ushbu holat yuzasidan Marhamat tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech