3 Noyabr 2020 yil 773

Andijonda og‘ufurushlik bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh qo‘lgan olindi

2020 yil 30 oktyabr kuni Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Xususan, Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro Sh.J boshqarib kelayotgan “Nexia” rusumli avtomashina viloyat IIB YXXB xodimlari tomonidan  to‘xtatilib, ushbu avtomashina ikki nafar xolislar ishtirokida tegishli tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning oldi o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida bo‘lgan Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro M.M o‘tirgan o‘rindig‘ tagidan jami og‘irligi 997.5 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda,  ushbu  holat  yuzasidan DXX Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, shu kuni DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir natijasida, Marhamat tumanida  yashovchi fuqarolar Yo.O  hamda  Q.E  oldindan jinoiy til biriktirishib,  xolis haridorga 485 gramm gashish giyohvand moddasini 5800  AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, giyohvand moddalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelayotgan Marhamat tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaro  M.I ham olib borilgan tezkor-tadbir davomida ushlanib, hozirda tegishli tartibda tergovga qadar surishtiruv ishlarida gumondor tariqasida ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbir davomida, 2 nafar jinoyat qilishga moyil, 1 nafari muqaddam sudlangan shaxslardan iborat uyushgan jinoiy guruh a'zolaridan jami og‘irligi 475.42 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvand moddalari daliliy ashyo sifatida olingan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha besh nafar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech