5 Oktyabr 2020 yil 630

Qarovsiz qoldirilgan avtomashinadan telefon o‘g‘irlandi

Andijon shahrida yashovchi fuqaro  Y.J ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 30 sentyabr kuni soat 13:30 larda o‘ziga tegishli “Spark” rusumli, avtomashinasini Andijon shahrining Bobur MFY, Furqat ko‘chasida joylashgan “Bobur kutubxonasi” oldida eshiklari ochiq va qarovsiz holda qoldirgan vaqtida noma'lum shaxs avtomashinasi salonidan 1 dona narxi 1.700.000 so‘mlik “Samsung A-3.7” rusumli uyali telefonini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda. Shu o‘rinda barcha fuqarolarimizdan o‘z mol-mulklarini qarovsiz qoldirmasliklarini va hamisha xushyorlikni yo‘qotmasliklarini so‘rab qolamiz. 

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech