31 Avgust 2020 yil 801

Buloqboshi tumani IIB xodimlari muhtoj fuqaroga uy qurib berishdi

Andijon viloyatining Buloqboshi tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Omadbek Akbarovning tashabbusi bilan  bo‘lim xodimlari hamda homiylar yashash uyi yo‘q, yakka-yolg‘iz fuqaro I. Mamaevga 1.5 sotixli yer maydoniga 2 xonali uy qurib berishdi.

Quvonchli voqea munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda tuman hokimligi mutasaddilari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Ushbu uy I.Mamaevga bayram sovg‘asi sifatida topshirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati
 

Text to speech