9 Sentyabr 2021 yil 527

“Huquq bilimdoni” viktorinasida g‘olib bo‘lgan Andijon viloyati IIB xodimi munosib taqdirlandi  

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” munosabati bilan ichki ishlar organlari xodimlari va fuqarolar o‘rtasida “Huquq bilimdoni” viktorinasi o‘tkazildi. 

Vazirlikning “Huquqiy targ‘ibot” telegramm kanalida o‘tkazilgan ushbu sovrinli viktorinada ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan Andijon viloyati IIB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash bo‘limi katta mutaxassis-muhandisi, leytenant Mamadiyev Jahongir Ravshanbekovich shaxsiy tarkib o‘rtasida Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining diplomi hamda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining pul mukofoti va sovg‘alari bilan tantanali ravishda munosib taqdirlandi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech