25 May 2023 yil 328

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan “giyohfurush” qo‘lga olindi

2023-yilning 22-may kuni Andijon viloyati IIB JQB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, Bo‘ston tumanida tashkil qilingan 44-sonli YPX maskanida nazorat ko‘rikdan o‘tkazish uchun to‘xtatilgan “Lassetti” rusumli avtomashinasi tekshirilganida unda yo‘lovchi bo‘lib ketayotgan Andijon shahrida yashovchi M.A.ning sumkasidan sotish maqsadida olib ketilayotgan 198,86 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida M.A yashash uyida 299,94 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur xolat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech