25 May 2023 yil 273

IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchisi kikboksing sport turi bo‘yicha Osiyo kubogi g‘olibi bo‘ldi

Joriy yilning 26-30 aprel kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod shahrida kikboksing sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada ishtirok etgan IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchisi Abduraxmonov Murodillo faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Shu munosabat bilan Abduraxmonov Murodilloning bu g‘alabasi munosabati bilan uning ota-onasi va ustozlariga Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘z minnatdorchiligini bildirib qoladi!

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech