4 May 2021 yil 633

Inson aziz – xotira muqaddas

IIV Qorovul qoʼshinlariga qarashli Аndijon shahrida joylashgan 7553-harbiy qism osoyishtalik posbonlari, Buloqboshi tuman prokuraturasi, milliy gvardiya hamda mazkur hududdagi 6-sonli umumtaʼlim maktabining oʼquvchi-yoshlari va bir qator mutasaddi tashkilotlarning vakillari ishtirokida “Inson aziz – xotira muqaddas” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri boʼlib oʼtdi.

Unda soʼzga chiqqanlar Ikkinchi jahon urushi tufayli insoniyat boshiga tushgan tashvishlar, undagi koʼplab yoʼqotish va vayronagarchiliklar toʼgʼrisida batafsil toʼxtalib, bugungidek, tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish lozimligini taʼkidlashdi.

Shuningdek, ona Vatanga sadoqat va mehr-muhabbat ruhida oʼtgan ushbu tadbirda kelajagimiz egalari tomonidan turli sahna koʼrinishlari va kuy-qoʼshiqlar ham ijro etildi.

 

Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech