6 Oktyabr 2020 yil 641

Izboskan tumani IIB 3-sektoridagi ichki ko‘chalar shag‘allashtirilmoqda

Izboskan tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari tashabbusi bilan kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarning muammolari borib o‘rganilib, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, Botirobod MFY, Saxovat ko‘chasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj  fuqaro Yuldasheva Ziyodaxonga homiylar tomonidan 300 ming so‘m pul mablag‘i berildi.

Shuningdek, Boymahalla MFY, Nafosat ko‘chasida yashovchi ehtiyojmand fuqarolar Umarov Orifjon hamda Xurboeva Odinaxonlarga esa homiylar  ko‘magida  oziq-ovkat mahsulotlari yetkazib berildi.

Bundan tashqari,Tinchlik MFYning ichki ko‘chalariga 10  ta yuk avtomashinasida shag‘al to‘kilib, 300 mert masofadagi yo‘llari shag‘allashtirildi.

Hozirda bu kabi xayrli ishlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech