5 Sentyabr 2020 yil 621

Izboskan tumanida sodir etilgan og‘ir tan jorohati yetkazish jinoyati keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama etildi

2020 yilning 4 sentyabr kuni soat 19:30 larda Izboskan tumani M.Ulug‘bek MFY hududida 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro X.I 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro T.A bilan otasini haqorat qilganligi sababidan o‘zaro janjallashib, yonida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan  uning chap qovurg‘asiga 1 marotaba urgan  va og‘ir tan jarohati yetkazgan.Fuqaro X.I ushlanib, ashyoviy dalil sifatida undan xo‘jalik pichog‘i olingan.

Mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik  A. Imyaminov boshchiligida Izboskan tumanida karantin qoidalariga amal qilingan holda muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Muhokamada  tumani IIB xodimlari,tuman bosh imomi xatibi, mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

So‘z olganlar tomonidan sodir etilgan noxush holat sabablari va uning oqibatlari jamoatchilikka atroflicha yetkazildi.Shuningdek, kichik nizolarga va o‘zaro tortishuvlarga guvoh bo‘layotgan paytda atrofdagilarning majburiyatlari, tinchlikni saqlash oldidagi vazifalari, zudlik bilan  o‘sha xududda xizmat olib borayotgan profilaktika inpektoriga xabar qilish hamda boshqa bir qancha mavzularda so‘z yuritildi.

Bundan tashqari, har bir fuqaro bunday salbiy holatlarni sodir bo‘lishini tomashabin bo‘lib kuzatib turishi emas, balki uni oldini olishga chin dildan harakat qilishi shartligi, o‘zining ogohligi va  hushyorligi bilan mas'ul ekanligi ta'kidlab o‘tildi.

Tuman Bosh imomi xatibi tomonidan  muqaddas dinimizdagi qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari, jaxl chiqqanda o‘zini jilovlash, boshqa bir insonga qasddan zarar yetkazishning gunohi og‘ir ekanligi,  ikki yoki undan ko‘proq insonlar orasida nizo chiqishini tashqaridan bila turib, bunga befarq bo‘lish ham katta ayb sanalishi xaqida  so‘z olib borildi. Maxalla raisi, nuroniylar va maxalla faollari ham ushbu holat borasida o‘zlarining fikr mulohazalarini bildirishib, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun bor imkoniyatlari bilan harakat qilishlarini ta'kidlab o‘tishdi.

Muhokama yakunida  mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari va uning salbiy oqibatlarini bu joyda ishtirok etganlarning barchasi oila a'zolari, qarindosh urug‘lari hamda tanish-bilishlariga ibrat olish maqsadida yetkazishlari kerakligi aytilib, bu borada tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar yuklatildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech