21 May 2022 yil 389

Jalaquduqda ishga kiritib qoʻyish evaziga 600 AQSH dollari pora talab qilgan firibgar ushlandi

Joriy yilning 16-may kuni fuqaro A.Jning arizasiga asosan Andijon viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi hamda Jalaquduq tumani IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi. Tezkor tadbir davomida fuqaro T.X ariza muallifi A.Jni tibbiyot birlashmasiga “Kompyuter injenerligi” vazifasiga ishga joylab qoʻyishini aytib 600 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi hamda 25, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech