26 May 2023 yil 268

”Maʼnaviyat oyligi” doirasida "Sohibqiron Amir Temur-buyuk davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 24-may kuni ”Maʼnaviyat oyligi” doirasida  IIV Andijon akademik litseyida Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Andijon viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda "Sohibqiron Amir Temur-buyuk davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiymi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Andijon viloyati bo‘limi rahbari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Shuhrat” medali sohibi Habib Siddiq, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti dotsenti, tarix fanlari nomzodi Rasuljon Yusupovlar ishtirok etdilar.

Tadbir mehmonlari  Sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyati, bunyodkorlik va ilm-fan rivojiga katta eʼtibori, jahon tamadduni va o‘zbek davlatchiligi rivojidagi o‘rni xususida so‘zladilar. 

Tadbir davomida Iqtidorli o‘quvchilar tomonidan Amir Temur, vatanparvarlik, millat qadri va ravnaqini tarannum etgan sheʼrlar o‘qildi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga   Amir Temur  hayoti va faoliyati haqida hujjatli film  namoyish etildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech