25 May 2023 yil 335

“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Xo‘jaobod tumani IIBda "Kitob yarmarkasi" tashkil qilindi   

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirining 2023-yil 11-aprel kungi ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish–oliy burchimiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 100-sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, kitobxonlik haftaligi doirasida Xo‘jaobod tumani IIBda "Kitob yarmarkasi" tashkil qilindi. Barcha shaxsiy tarkib o‘zi va farzandlari uchun kitob xarid qilishib, yarmarkada faol ishtirok etishdi.

Hozirda bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech