1 Avgust 2020 yil 782

Mehnatga yarasha munosib rag‘bat

Andijon viloyati hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini saqlash borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarda na'muna ko‘rsatayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandilar.

Xususan, Andijon shahar IIO FMB 6-son IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika inspektori katta leytenant Kenjaev Shuxrat Domlajonovich hamda Shahrixon tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori mayor Mamatkulova Surayyo Qodiralievnalarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning “Tashakkurnoma”si va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.  

O‘z ishiga mas'uliyat, sadoqat bilan sidqidildan xizmat qilgan har qanday xodim hamisha e'tibor va e'tirofda bo‘ladi. U nafaqat hamkasblari orasida, balki xalqimiz orasida ham ishonch va hurmat qozonadi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech